Yangiliklar

Xiva shahrida o‘tkazilgan an’anaviy “Qovun sayli” festivali yana o‘zining rang-barangligi va mehmondo‘stligi bilan mehmonlarni hayratga soldi. Ushbu nufuzli tadbirda “UzAuto Motors” AJ Xorazm filiali o‘zining yorqin ishtiroki bilan faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
“UzAuto Motors” AJ Xorazm filiali jamoasi pavilonni zamonaviy va milliy ruh uyg‘unligida bezatib, uni qovun, tarvuz va turfa poliz ne’matlari bilan to‘ldirdi. Natijada, hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholanib, ikkinchi o‘rin sohibiga aylandi.
Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat hududlarining qishloq xo‘jaligi yutuqlarini, balki milliy an’ana va madaniy merosini ham keng namoyish etishdi.
Har yili qovun pishig‘i mavsumida o‘tkazilishi an’anaga aylangan ushbu festival mamlakatimizning eng yaxshi qovun navlarini namoyish etish, milliy madaniy merosni targ‘ib qilish hamda agroturizmni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.