Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ Xorazm filialida komplayens mutaxassislari tomonidan Kompaniyaning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati boʻyicha seminar trening oʻtkazildi
03/12/2025 17:09 95 Yangiliklar
“UzAuto Motors” AJ Xorazm filialida komplayens mutaxassislari tomonidan Kompaniyaning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati boʻyicha seminar trening oʻtkazildi

Trening  ishlab chiqarish jarayonlarida halollik tamoyillarini mustahkamlash, shaffoflik madaniyatini yanada rivojlantirish hamda maishiy korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida tashkil etildi.

Trening davomida xodimlarga korxonaning komplayens siyosati, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish choralariga oid qoidalar, korrupsion holatlarning oldini olish mexanizmlari va ularning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Amaliy mashg‘ulotlar orqali esa xodimlarning mas’uliyati va xabardorligi yanada oshirildi.

Mazkur tadbirning videolavhasini quyida havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.