Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ yangi avlod Chevrolet Traverse avtomobili bozorga chiqarilayotganini ma’lum qiladi
24/12/2025 10:02 6377 Yangiliklar
“UzAuto Motors” AJ yangi avlod Chevrolet Traverse avtomobili bozorga chiqarilayotganini ma’lum qiladi

Mamlakat bo‘ylab mijozlar uchun modellar qatorini kengaytirish va innovatsion yechimlarni joriy etishni davom ettirgan holda, UzAuto Motors kompaniyasi yangilangan Chevrolet Traverse modelini taqdim etadi. Ushbu yo‘ltanlamas ishonch, qudrat va cheklanmagan erkinlikni qadrlaydiganlar uchun yaratilgan. Zamonaviy dizayn, ilg‘or texnologiyalar va yaxshilangan yo‘ldan tashqari harakatlanish imkoniyatlarini o‘zida mujassam etgan yangilangan Traverse uch qatorli krossoverlar segmentida yangi standartlarni belgilaydi.

Yangilangan 2,5 litrli to‘rt silindrli 328 ot kuchiga ega turbomotor, kuchaytirilgan osma tizimi, oshirilgan klirens va to‘liq uzatma tizimi bilan uyg‘unlashib, yangi Traverse’ga yuqori darajadagi dinamika, barcha rejimlarda kuchli tortish hamda turli yo‘l sharoitlarida barqaror va ishonchli boshqaruvni ta’minlaydi. Bu esa uni ham shahar hayoti, ham sayohatlar va faol hordiqni yoqtiradiganlar uchun ideal tanlovga aylantiradi.

Traverse’ning dadil yo‘ltanlamas dizayni brendga xos qora radiator panjarasi, mat himoya elementlari, qizil tortish ilgaklari va eksklyuziv emblemalari bilan yorqin va ta’sirchan qiyofa yaratadi.

Avtomobilning old va orqa qismlaridagi yangilangan dizayn, shuningdek 18 dyuymli g‘ildirak disklarining yangi dizayni uning zamonaviy xarakterini yanada ta’kidlab, yo‘lda ishonch bilan ajralib turishini va egasining individualligini namoyon etishini ta’minlaydi.

Traverse salonida 17,7 dyuymli zamonaviy markaziy displey, 11 dyuymli raqamli qurilmalar paneli, yuqori sifatli bezak materiallari hamda keng uch qatorli salon orqali premium darajadagi qulaylik ta’minlaydi. Kengaytirilgan Chevy Safety Assist xavfsizlik tizimlari to‘plami esa har bir safarni barcha yo‘lovchilar uchun yanada xavfsiz, ishonchli va qulay qiladi.

Chevrolet Traverse erkinlikni qadrlaydiganlar uchun mo‘ljallangan avtomobil. U shahar ko‘chalarida ishonch bilan harakatlanadi va har qanday yo‘ldan tashqari sharoitlarni dadil zabt etadi, har doim yangi manzillar va yangi sarguzashtlarga tayyor bo‘lib qoladi.

Yangi Chevrolet Traverse avtomobilining tavsiya etilgan chakana narxi 795 000 000 so‘mni tashkil etadi.

Sotuvlar boshlanishining aniq sanasi qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni UzAuto Motors’ning +99878 141 7777 raqamli call-markazi va chevrolet.uz sayti hamda Chevrolet rasmiy dilerlaridan olish mumkin.