Yangiliklar

UzAuto Motors dilerliklar bilan hamkorlikning yangi tizimiga bosqichma-bosqich o‘tmoqda
2024-03-12 18:19:01 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

UzAuto Motors rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq avtomobillar sotuv tizimini bosqichma-bosqich joriy etmoqda. Ushbu tizimga ko‘ra, dilerliklarga keyinchalik sotish uchun avtomobillarni xarid qilish imkoniyati beriladi. Shu bilan birga, dilerliklarga avtomobil uchun tavsiya etilgan chakana qiymat belgilanadi.

Bunday yondashuv nafaqat dilerlik markazlari o‘rtasidagi raqobatni kuchaytiradi, balki xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi. Dilerlik markazlari xizmat ko‘rsatish sifati va innovatsion xizmatlarni yaxshilash orqali qo‘shimcha opsiyalar va aksessuarlarni taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.