Yangiliklar

UZAUTO MOTORS XODIMASI “MO‘TABAR AYOL” KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI
18/03/2026 10:15 465 Yangiliklar
UZAUTO MOTORS XODIMASI “MO‘TABAR AYOL” KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI

Mamlakatimizda  kasbiga fidoyi bo‘lgan va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning bir guruhini “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash an’anaga aylangan.

Quvonarlisi, avtosanoat sohasida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimalar har yili mana shunday fidoyi ayollar safidan o‘rin egallab keladi.

Joriy yilda ham UzAuto Motors korxonasida uzoq yillardan buyon faoliyat olib borayotgan Ehtiyot qismlarni sotish direksiyasi yetakchi muhandisi Kim Valentina “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan tizimda sidqidildan mehnat qilib kelayotgan Kim Valentinani “O‘zavtosanoat” AJ va tizim korxonalari jamoasi nomidan muborakbod etamiz!

Sizga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog‘lik-salomatlik, bardavom yutuqlar va muvaffaqiyatlar kelgusidagi faoliyatingizda yanada yuqori marralarni zabt etishingizni tilab qolamiz. 

Mehnatingiz doimo e’zoz va e’tirof topaversin!