Yangiliklar

XABARNOMA
Hurmatli aksiyadorlar!
“UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 07-iyuldagi bayonnomasiga asosan Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi 2025-yil 29-iyul kuni 15:00 da o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini masofadan turib Internet tarmog‘ida onlayn rejimda o‘tkazishga mo‘ljallangan “Elektron ovoz berish - eVOTE” (http://evote.uz/) elektron ovoz berish servisi orqali o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reestri 2025-yil 23-iyul holatiga tuziladi. Ushbu sanada tuzilgan reestrga kiritilgan aksiyadorlar 2025-yil 29-iyul kungi Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishida qatnashadilar.
Jamiyatning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy.
Jamiyatning elektron pochta manzili: info@uzautomotors.com
Kun tartibi:
1. Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Jamiyatning 2024 yil uchun Biznes reja parametrlari bajarilishi bo‘yicha Jamiyat Bosh direktorining hisobotini eshitish.
3. Jamiyatning 2024 yil faoliyati natijalari bo‘yicha tashqi auditorlik tekshiruvi hisoboti va xulosasini ko‘rib chiqish.
4. Jamiyatning 2024 yil yakuni bo‘yicha tuzilgan yillik hisobotini, shuningdek foyda va zararlarini tasdiqlash.
5. Jamiyatning 2024 yil yakuni bo‘yicha olgan sof foydasini taqsimlash, shuningdek dividend to‘lash, dividendning miqdori, uni to‘lash shakli va tartibi to‘g‘risida qaror qabul qilish.
6. Jamiyatning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
7. Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zosini muddatidan avval vakolatini tugatish va yangi a’zosini saylash.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan materiallar bilan aksiyadorlar Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy manzilida joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida 2025-yil 07-iyuldan 2025-yil 29-iyulgacha, ish kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha tanishishlari mumkin.
Aksiyadorlar http://evote.uz/ internet saytining elektron ovoz berish servisi orqali yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatiga kiritilganligi haqida elektron xabar olgan vaqtdan boshlab Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etuvchi aksiyadorlar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan deb hisoblanadi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida elektron ovoz berish servisi orqali ishtirok etish qoidalari (shartlari) bilan http://evote.uz/ saytida tanishib chiqishingizni so‘raymiz.
Telefon: 78 140-55-40 (3-1731 va/yoki 1727#)
Jamiyat Kuzatuv kengashi.