Yangiliklar

Uzavto O‘zbekistonda yangi Chevrolet standartlarini joriy etmoqda
2020-12-23 21:12:22 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

UzAuto mijozlar tomonidan bildirilgan fikrlar va mulohazalar bilan ishlashni davom ettirmoqda, hamda ijobiy tomonga o‘zgarishlar qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. GM kompaniyasidagi hamkorlar bilan samarali ishlar olib borildi, natijada UzAuto Motors rasman BIQ4 (build in quality) sifat standartlari sertifikatini qo‘lga kiritdi. Kelgusi yaqin yillarda GM tizimidagi eng yuqori BIQ NEXT sifat darajasini olish maqsad qilib olindi.

Shuni taʼkidlash kerakki, sifat standartlariga bo‘lgan talabning oshishi barcha Chevrolet modellariga bevosita taʼsir qiladi, shu sababli ishlab chiqarishda barcha zarur modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirish maqsadida 2021 yil yanvar oyida Asaka zavodi faoliyatini vaqtincha to‘xtatish rejalashtirilgan.

Shu bilan bir vaqtda, respublikamizning barcha hududlaridagi Chevrolet dilerlik tarmog‘i yangi standartlarga o‘tkaziladi. Bundan avval dilerlik tarmog‘ini Chevrolet brendiga o‘tkazish ishlari eksport bozorlarida boshlangan edi. Bu o‘zgarishlar dilerlik markazlarini yangi Chevrolet brendbukiga muvofiq qayta jihozlashni o‘z ichiga olib, amalga oshirilayotgan ishlarni davom ettirish uchun zarur sharoit bo‘lib xizmat qiladi. Yangi standartlarga javob bermaydigan dilerlarning dilerlik shartnomalari bekor qilinadi. O‘z navbatida, UzAuto Motors yangi xalqaro GM standartlari asosida ishlashga, shuningdek, mijozlar eʼtiborini jalb qilish tamoyillariga muvofiq ishlashga tayyor dilerlarni hamkorlikka taklif qiladi.

Bundan tashqari, dilerlik tarmog‘i tamonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning sifati xam oshiriladi, yuqori darajadagi kafolatlangan xizmat joriy etiladi. Ushbu xizmatlarning sifat darajasi kadrlarni tayyorlash, sodiqlik dasturlarini joriy qilish, mijozlarning fikrlarini o‘rganish va boshqa ko‘plab amalga oshirilayotgan ishlar evaziga oshirib boriladi.

SAP (SAP S/4HANA) dasturiy taʼminotini joriy etilishi esa savdo, xizmat ko‘rsatish va marketing jarayonlarini yana-da samarali tashkil etishga imkon beradi.

Ushbu ijobiy o‘zgarishlarning barchasi kelgusi yilga rejalashtirilgan bo‘lib, bu o‘zgarishlardan asosiy maqsad Chevrolet xaridorlari avtomobilni vakolatli dilerlardan sotib olishlari va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonidan qoniqish hosil qilishlari hamda, o‘zlarini biz uchun eng muhim va qadrli ekanliklarini his qilishlariga qaratilgan.

Yangi tafsilotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun yangiliklarimizni kuzatib boring.