Yangiliklar

“UZAUTO MOTORS” AJ “GURLAN AVTOSALON” MCHJ BILAN DILЕRLIK KЕLISHUVINI BЕKOR QILADI
2022-05-07 20:30:45 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

"UzAuto Motors” AJ “GURLAN AVTOSALON” MCHJ (Xorazm viloyati Gurlan tumani) bilan dilerlik kelishuvining bir qator bandlarini qo'pol ravishda buzganligi sababli shartnomani bekor qilganligini ma’lum qiladi.

“UzAuto Motors” AJ tomonidan dilerlik markazlarida avtomobil sotuvining shaffofligi qay darajada tashkillashtirilganligi bo'yicha joriy yilning 26-27 aprel kunlari “GURLAN AVTOSALON” MCHJda monitoring o'tkazildi. O'tkazilgan monitoring natijasida, olib borilgan ogohlantirish va tushuntirish ishlariga qaramay, Diler korxonasi tizimli ravishda xato va kamchiliklarga, qonun buzilish holatlariga yo'l qo'yib, dilerlik kelishuvi talablarini buzganligi aniqlandi.

Tekshiruv davomida Dilerlik korxonasi tomonidan avtomobil sotuvidan "UzAuto Motors" AJ hisob-raqamiga kelib tushishi lozim bo'lgan pul mablag'larining talon-toroj qilinganligi, bo'lib to'lash sharti bilan aksiyasi doirasida xarid qilingan avtomobillar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik yuzaga kelganligi qolaversa, aksariyat hujjatlar o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilmay qalbakilashtirilganligi kabi kamchilik va qonun buzilishlariga yo'l qo'yilganligi ma'lum bo'ldi.

Dilerlik korxonasida aniqlangan ushbu qonun buzilishi holatlariga huquqiy baho berish va qonuniy qaror qabul qilish uchun to'plangan hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim qilindi.

“GURLAN AVTOSALON” MCHJ va mijozlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha mijozlar oldidagi majburiyatlar “XORAZM AVTOTEXXIZMAT” MCHJ tomonidan bajariladi.

"UzAuto Motors" AJ tomonidan “GURLAN AVTOSALON” MCHJning mijozlar oldidagi majburiyatlari o‘z vaqtida to‘liq bajarilishi kafolatlanadi.

Kompaniya mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko’rsatishni saqlab qolish uchun Dilerlik tarmoqlari faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va qonunbuzarliklarni aniqlashda davom etadi.

Hurmatli fuqarolar, agarda dilerlik markazlari tomonidan avtomobil xarid qilish jarayonida tamagirlik holatlariga duch kelsangiz, Sizdan kompaniyaning “call-center” markazi raqamiga 78 141 77 77 murojaat qilishingizni so‘raymiz.