Yangiliklar
 
                                                                      
                                    “UzAuto Motors” AJ tarixiy yutuqqa erishdi – Asakadagi avtomobil zavodining konveyeridan 5 millioninchi avtomobil chiqdi. Bu avtomobil zamonaviy va ishonchli Onix bo‘ldi!
Tarixiy bosqichlar:
2008-yil – 1 000 000-avtomobil: Lacetti
2014-yil –  2 000 000-avtomobil: Gentra
2018-yil – 3 000 000-avtomobil: Spark
2022-yil –  4 000 000-avtomobil: Tracker
 2025-yil – 5 000 000-avtomobil: Onix

Har bir yutuq jamoaviy mehnat, ilg‘or texnologiyalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar va mukammallikka intilish natijasidir.
“UzAuto Motors” AJ ishlab chiqarishni takomillashtirib, faxrlanish mumkin bo‘lgan avtomobillar yaratishda harakatni davom ettirmoqda.

