Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ "Uzavtosanoat" AJ tizim korxonalari o'rtasida o'tkazilgan ko‘rik-tanlov g’olibi bo’ldi
2022-11-24 03:30:33 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan mehnat xavfsizligi va salomatlik talablarini ta’minlash, jarohatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish madaniyati va estetikasini oshirish bo’yicha “Uzavtosanoat” AJ tarkibidagi eng yaxshi korxonani aniqlash yuzasidan  ko’rik tanlov an’anaviy ravishda o’tkazildi. Tanlovda tarmoqning 34 korxonasi faol ishtirok etishdi.  

Ko’rik-tanlov yakunlariga ko’ra, ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi va g’oliblar aniqlandi.

 “Xodimlarni xavfsiz mehnat sharoitlari, ishlab chiqarish madaniyati va yuqori estetika bilan ta’minlash bo’yicha eng yaxshi korxona” nominatsiyasida birinchi o’ringa mos ravishda “UzAuto Motors” AJ Xorazm filiali sazovor bo'ldi.

“UzAuto Motors” AJ 1-presslash sexi jamoasi esa “Xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, ishlab chiqarish madaniyati va yuqori estetika uchun eng yaxshi hudud” nominatsiyasida sovrinli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Ko’rik tanlov g’oliblari “Uzavtosanoat” AJ va “O’zmetmashsanoat” kasaba uyushmasi Respublika Kengashining qo‘shma diplomlari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan, bugun, 23-noyabr kuni UzAuto Motors Xorazm filialida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirga O'zbekiston Respublikasi "Oʻzmetmashsanoat" kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Ahmadjon Xakulov tashrif buyurib, barcha xodimlar ishtirokida faxriy 1-darajali diplomni filial boshqaruvchi direktori Sabirjon Jumaniyazovga tantanali tarzda topshirdi.

"Oʻzmetmashsanoat" kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Ahmadjan Xakulov butun jamoani ushbu yutuq bilan tabriklar ekan, u o'z so'zida yaqinda Prezidentimiz tomonidan "11-noyabr - O'zbekiston Kasaba uyushmalari kuni" deb e'lon qilingani, ushbu kun umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi belgilanganligini alohida ta'kidlab o'tdi.

UzAuto Motors Xorazm filiali boshqaruvchi direktori Sabirjon Jumaniyazov barcha xodimlarni ushbu yutuq bilan yana bir bor tabrikladi. Buning barchasi hamma hamjihat, birgalikda bir yoqadan bosh chiqarib ishlashi natijasi ekanligini ta'kidlab o'tdi. Bundan keyin ham doimo shunday yuksak yutuqlarga erishishda jamoaga omad tilab, barcha xodimlarga o'z nomidan hamda korxona rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirdi.