Yangiliklar

«UZAUTO MOTORS» DАN EHTIYOT QISMLАRNI XАRID QILISH BOʼYICHА YANGI DАSTUR
2020-12-09 08:49:34 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

«UzAuto Motors» АJ uzluksiz tarzda ishlash imkonini beruvchi ehtiyot qismlarni kechiktirilgan toʼlov asosida sotib olish imkonini beruvchi yangi dastur ishga tushirilganligini eʼlon qiladi.

Kechiktirilgan toʼlov davri 1 oydan 3 oy muddatgacha boʼlib, bunda 15% oldindan toʼlov va toʼlov mablagʼining qolgan qismi uchun bank kafolati taqdim qilish soʼraladi.

Ehtiyot qismlarni sotib olish uchun buyurtma berish tartibi quyidagicha:

eng kamida 5 milliard soʼm, 30 kungacha kechiktirilgan toʼlov muddati;
eng kamida 10 milliard soʼm, 45 kungacha kechiktirilgan toʼlov muddati;
eng kamida 20 milliard soʼm, 60 kungacha kechiktirilgan toʼlov muddati;
eng kamida 50 milliard soʼm, 90 kungacha kechiktirilgan toʼlov muddati.

Maʼlumot uchun:
Bank kafolati ehtiyot qismlar sotib olish uchun buyurtma berish vaqtida taqdim etiladi.
Dasturda Oʼzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ehtiyot qismlar boʼyicha ishtirok etish uchun "UzAuto Motors" AJ rasmiy dilerlik korxonasi boʼlish lozim.

Dastur haqida batafsil maʼlumot olish uchun, quyidagi raqamlarga qoʼngʼiroq qiling:
☎️ (998 78) 140 55 40 ichki 3 1603#
☎️ (998 78) 140 55 40 ichki 3 1684#
yoki orderparts@uzautomotors.com elektron pochtasiga soʼrov yuboring.