Yangiliklar

Bonus yanada kattaroq - Chevrolet oling hoziroq!
2024-07-25 09:25:52 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “UzAuto Motors” AJ Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun chegirma va foizsiz muddatli to‘lovlarning (https://telegra.ph/Dilerlik-tarmoqlari-royxati-07-24) yangi shartlarini e’lon qiladi.

Orzuingizdagi avtomobilni xarid qilish yanada osonlashdi. Endi Chevrolet Onix avtomobili uchun 40 % oldindan to‘lovni amalga oshirib, avtosalondan darhol olib ketishingiz mumkin. Qolgan summani oyiga 2,9 mln so‘mdan 3 yil davomida to‘lashingiz mumkin.

Chevrolet Tracker ixlosmandlari uchun ajoyib misli ko‘rilmagan imkoniyat. Endi xohishingizdagi avtomobilni boshlang‘ich 50 foiz to‘lov bilan xarid qilishingiz mumkin. Qolgan summani oyiga 4,6 mln so‘mdan 2 yil mobaynida bo‘lib to‘lashingiz mumkin.

Foydali chegirmalar mavsumi Tracker MY2024 avtomobili uchun ham ochildi. Yuqori qulaylikka ega avtomobillarni 25 million so‘mgacha foyda bilan xarid qilishingiz mumkin.

100% oldindan toʻlov bilan:
Chevrolet Tracker LS - 15 million so‘m;
Chevrolet Tracker LTZ – 20 million so‘m;
Chevrolet Tracker Premier – 25 million so‘m;
Chevrolet Tracker LS PLUS — 5 million soʻm;
Chevrolet Tracker LTZ PLUS — 15 million soʻm;
Chevrolet Tracker Premier PLUS — 20 million soʻm;
Chevrolet Tracker Redline — 22 million soʻm chegirma mavjud.

Shu bilan birga, Chevrolet Onix avtomobiliga 15 million so‘mlik chegirma davom etmoqda.

Va bu hammasi emas! “UzAuto Motors” AJ avtomobilarning kafolat xizmatlarini kengaytirmoqda. Chevrolet Onix va Tracker avtomobillariga faqat rasmiy dilerlarda gazballon asbob-uskunalari, radar detektorlari, videoregistratorlar, signallar va boshqa aksessuarlar o‘rnatilganda ishlab chiqaruvchining kafolati saqlanadi.

*Shartlar avval xarid qilingan avtomobillar uchun amal qilmaydi.

Chevrolet bilan birga mamlakatning eng muhim, eng qadrli bayramini nishonlang.

Shoshiling, avtomobillar soni cheklangan! Aksiya 2024-yilning 29-iyul sanasidan 15-sentabr sanasigacha amal qiladi. Ma’lumot uchun telefon: (78) 141-77-77