Yangiliklar

UzAuto Motors xodimi “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi
2023-08-30 21:51:36 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq mamlakatimiz Mustaqilligi e’lon qilingan kunga 32 yil to’lganligi munosabati bilan bir nechta soha xodimlari faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlanmoqda. 

Shu qatorda avtomobilsozlik sanoati rivojlanishida o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan hamda ko‘p yillik samarali mehnat qilayotgan “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati Ishlab chiqarish boshqarmasi 2-payvandlash tsexi ustasi Shomurodov Masaliddin Zuxriddinovich “Mehnat shuhrati” ordeni bilan e’tirof etildi. 

 

Masaliddin Shomurodov kompaniyada 2011-yildan buyon mehnat faoliyatini yuritib kelmoqda. 

Ushbu mukofot mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatida faoliyat yuritayotgan barcha fidoiy xodimlarga qaratilgan yuksak eʻtirof ramzidir!

“O’zavtosanoat” AJ hamda “UzAuto Motors” AJ rahbariyati va ko’p ming sonli avtomobilsozlik sohasi vakillari nomidan Masaliddin Shomurodovni ushbu sharafli mukofot bilan tabriklaymiz! Kelgusidagi ishlarda muvafaqqiyatlar tilaymiz.