Axborot xabari

"UzAuto Motors"ning xaridorlariga murojaati
2022-01-20 00:25:55 Axborot xabari
 
                          Axborot xabari

Hurmatli mijozlar,

Koronavirus pandemiyasi oqibatidan butun dunyo avtomobil ishlab chiqaruvchilari tobora zarar ko’rmoqda. Natijada, hatto bir nechta tarmoqlar o’z faoliyatini to’xtatishga majbur bo’lishdi. Mana shunday qiyin bir paytda, “UzAuto Motors” kompaniyasi yana sizlarga murojaat qiladi.

Barchaga ma’lumki, yarimo’tkazgichlarning global yetishmovchiligi butun jahon avtomobil sanoatiga o’z ta’sirini o’tkazdi. Va, afsuski, bu o’zbek ishlab chiqaruvchilarining ishiga ham ta’sir qilmay qolmadi. Sababi shundaki, mikrochiplarning tanqisligi “UzAuto Motors” kompaniyasi uchun yagona bo’lgan GM sertifikatiga ega avtomagnitola ishlab chiqaruvchi “Humax” korxonasini ham chetlab o’tmadi. Koreya ishlab chiqaruvchisi avtomagnitolani yetkazib berishni noma’lum muddatga to’xtatganligi haqida rasmiy xat bilan murojaat qildi.

Koreya ishlab chiqaruvchisi avtomagnitolani yetkazib berishni noma’lum muddatga to’xtatdi.

6196a55d205d190df5797

“Covid-19 sababli yarimo’tkazgichlarga talab keskin ortdi. Bu esa, o’z navbatida, hozirgi integral mikrosxemalarning yetishmovchiligiga olib keldi. … UzAuto talabini bajarish uchun biz imkon qadar hamma narsani qilyapmiz. Biroq biz bu global vaziyatni, muammoni o’zimiz hal qila olmaymiz. Integral mikrosxemalar tanqisligi natijasida yuzaga kelgan inqirozning zararini minimallashtirish uchun Humax Automotive kompaniyasining barcha xodimlari ushbu vaziyatni yaxshilash hamda xabardorlikni oshirish uchun kundalik ishlarga jalb qilingan. Biz barcha mavjud vositalar va resurslardan yechim izlayapmiz”,– deya xabar beradi Humax Automotive .

"UzAuto Motors" kompaniyasi avtomobillarni yetkazib berish muddatining uzayishi, konveyerlarning to’xtab qolishi hamda ishchi o’rinlarning qisqarishini oldini olish uchun boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan bunday sharoitlarda amalda qo’llanilgan yagona to’g’ri qarorni qabul qildi – avtomobillarni magnitolasiz ishlab chiqarish.

Joriy yilning 19 yanvar kunidan avval tuzilgan shartnomalar bo’yicha Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobillari “Humax” kompaniyasi tomonidan komponentlarni yetkazib berishdagi uzilishlar sababli, mijozlarga magnitolasiz yetkazib beriladi.

Xaridorning roziligi bilan amalga oshiriluvchi ushbu majburiy choraning qo'llanilishi yuzlab iste’molchilarga uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada yetkazilishini ta'minlaydi.

Ushbu vaziyatdan chiqish uchun magnitolasiz avtomobil xaridorlariga ikkita variant taklif etiladi:

– Ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola qurilmasi hamda uning o’rnatilish xarajatlarining qoplanishi bilan yaqin orada o’z avtomobilini magnitolasiz olish. Xohishingizga ko’ra, bozordan o’zingizga yoqqan xohlagan turdagi avtomagnitolani UzAuto Motors rasmiy dilerlarida o’rnatish bilan avtomobilga berilgan kafolatni yo’qotmaysiz.

– Avtomobilni keyinchalik tekin qayta jihozlash bilan magnitolasiz olib ketish. Ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola yetkazib berilgandan so’ng, avtomobilni qayta jihozlash.

Kompaniya xaridorlardan uzr so’raydi. Sizni ishontirib aytadiki, yuzaga kelgan noqulaylikni minimallashtirish va har qanday vaziyatda murosa qilish uchun imkon qadar barcha ishlarni qiladi.