Yangiliklar

Chang bo’ronida avtomobilni boshqarish
2021-11-06 03:05:05 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

So’nggi paytda biz uchun kuchli shamol va chang bo’roni oddiy holga aylandi. Ekstremal ob-havo sharoitida xavfsizlik choralariga rioya qilish muhimdir! Agar imkoni bo’lsa, rul boshqaruviga o’tirmasdan, yo’lga chiqmay uyda qolgan yaxshiroq. Ammo ekstremal sharoitga qaramay biz ishga, o’qishga va boshqa muhim ishlar bilan shoshamiz.

Chang bo’ronida avtomobilni boshqarishda maslahatlar
Haydovchilarga hushyor, sezgak bo’lish qat’iy tavsiya etiladi. Chunki kuchli shamol esishi natijasida ko’tarilgan changdan yo’l ko’rinishi cheklanishi va hattoki, yo’lni umuman ko’rolmaslikka olib kelishi mumkin.

Iloji boricha chang bo’ronidan saqlaning

Changda harakatlanayotganda avtomobilingiz faralari yoniqligiga ishonch hosil qiling;
Yo’l qatnov qismida to’xtamang, xavfsiz joy izlang;
Avtomobillar orasida xavfsiz masofani saqlang;
To’xtaganingizda gabarit chiroqlarni yoqing;
Xavfsizlik kamarini o’tkazgan holda, avtomobilda qoling va chang bo’roni o’tishini kuting;
Haydovchining hushyorligi va xavfsiz haydash qobiliyati hali hanuz baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun asosiy omil hisoblanadi.