Yangiliklar

Chevrolet Cobalt va Chevrolet Nexia 3 - QOZOG'ISTONDA ENG KO'P SOTILADIGAN AVTOMOBILLAR RO'YXATIDA 1 VA 2 O'RINLARGA EGALIK QILISHMOQDA
2020-11-12 22:40:05 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

UzAuto Motors o'z mavqeini yo'qotmayapti va ikkinchi yil ketma-ket Qozog'iston bozorida eng ko'p sotilgan yengil avtomobillar reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. Chevrolet Cobalt va Chevrolet Nexia 3 rusumlari Hyundai Accent ni ortda qoldirgan holda eng talab ko'p bo'lgan avtomobillarga aylandilar. 

2020-yil oktyabr oyida Chevrolet brendi Hyundai, Lada, Toyota va Kia larni ortda qoldirib, eng yaxshi avtomobil brendlari orasida faxrli birinchi o'rinni egallab o'z o'rnini yanada mustahkamladi.

Qozog'iston avtomobil bozoridagi keng tanlovga qaramay, UzAuto Motors avtomobillari sotuvdagi ulushini oshirishda davom etmoqda, bu ijobiy dinamikadan dalolat beradi. Agar o'tgan yilning sentyabr oyida mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyamizning bozoridagi ulushi 19,8 %ni tashkil etgan bo'lsa, joriy yilning oktyabr oyida bu ko'rsatkich bir necha baravar oshdi va hozir u 28,1%ni tashkil etmoqda.

QABA ma'lumotlariga ko'ra, 2020-yil oktyabr oyida 8637 ta avtomobil sotilgan, ularning 2077 tasi UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgandir.