Axborot xabari
Qozog'istonda mart oyida sotilgan deyarli har to'rtinchi yangi avtomobil “UzAuto Motors” tomonidan ishlab chiqarilgan.
2021-yil mart oyida Chevrolet Cobalt va Nexia ushbu ro'yxatda birinchi o'rinni egalladi.
Brend Qozog'iston bozorida o'zining birinchi pozitsiyalarini egallashda davom etmoqda. Kompaniyaning umumiy savdo hajmi 2 161 donani tashkil etdi hamda bu ko’rsatkich joriy yilning fevral oyiga nisbatan 15 foizga ko'pdir.
Sotilgan avtomobillar soni bo'yicha eng yaxshi 3 talikning keyingi o’rinlarini Hyundai va Toyota avtobrendlari egallashmoqda.