E'lon

Cobalt va Lacetti narxlari oshishi haqidagi xabarlar yolg‘on
2023-05-17 22:03:28 E'lon
 
                          E'lon

Ijtimoiy tarmoqlarda 1-iyundan boshlab UzAuto Motors Damas, Labo, Cobalt va Lacetti avtomobillarining yangilangan versiyasini taqdim qilishi, Cobalt va Lacetti narxlari esa $20-23 ming dollardan boshlanishi haqida xabarlar tarqaldi.

UzAuto Motors bu bo‘yicha hech qanday ma’lumot taqdim qilmagan. Ushbu ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas va yolg‘onligini ta’kidlab o‘tish kerak.

Turli sahifa egalarini odamlar e’tiborini tortish uchun ular qiziqqan yo‘nalishda biror bir faktga asoslanmagan axborotni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz.

Kompaniya va mahsulotlar narxi haqida rasmiy sahifalarimiz orqali bilib olishingiz mumkin.