Yangiliklar

“GENTRA”LAR QAYERGA VA NIMA UCHUN OLIB KETILYAPTI?
2021-10-15 03:46:42 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

2021-yilning 14-oktyabrida telegram kanallarning birida bir nechta avtokonteynerlarda ortilgan Chevrolet Lacetti avtomobillari Don ombori tomon yo’naltirilgan video tarqaldi.
Videoda muallif avtomobillar nima uchun ombor tomon yo’naltirilayotganligini so’ragan.

To’g’ri, shu kabi vaziyatlar mavjud. Gap shundaki, kompaniya kuniga 250-300 dona Chevrolet Lacetti avtomobilini ishlab chiqaradi. Biz ushbu avtomobillarni yarimo’tkazgich detalining yo’qligi sababli o’z egalariga topshirolmaymiz. Avtomobil tayyor, ammo birgina detalning yo’qligi qaysidir tizimning ishlamasligiga sabab bo’ladi. Masalan – xavfsizlik yostiqchalari. “UzAuto Motors” ushbu detalni olishi bilanoq uni avtomobillarga o’rnatadi va xaridorga topshiradi. Bu tayyor, ammo sotib bo’lmaydigan avtomobillar zavoddagi tayyor mahsulot uchun ajratilgan joyni to’ldirib bo’lishdi. Mana shu sabab bilan “UzAuto Motors” “O’zdonmahsulot” bilan avtomobillarni korxona hududida vaqtincha saqlash to’g’risida shartnoma tuzdi.