E'lon

“Iwash“ Автоблогерни Uzavto Автосаноати реклама компанияси билан “ватанпарварлик шартномаси”
2024-04-08 19:39:57 E'lon
 
                          E'lon

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Iwash“ Автоблогерни Uzavto Автосаноати реклама компанияси билан “ватанпарварлик шартномаси” sarlavhasi ostida qandaydir kontrakt parchasi keng tarqaldi. 

“Oʻzavtosanoat” kompaniyasi ushbu kontraktga na kompaniyaning oʻzi na “UzAuto Motors” kompaniyasi aloqador emasligini ma’lum qiladi. 

Bundan tashqari, kompaniyalar “bloger” deb ta’riflangan shaxslarning hech biri bilan hech qanday shartnomaviy munosabatlarga ega emas. 

Internetda tarqalgan kontraktning bir qismida Buyurtmachi haqida ma’lumot keltirilmaganligini, shuningdek unda tomonlarning imzolari mavjud emasligini inobatga olib, biz ushbu axborotni uydurma va qasddan uyushtirilganligi ishonch bilan ma’lum qilamiz.

Hurmatli kanal adminlari va a’zolari, axborotni tarqatish (e’lon qilish)dan oldin uni tekshiring. Yuqori oxvat ketidan quvib, siz oʻz reputatsiyangizni xavf ostiga qoʻyasiz, shuningdek Yolgʻon ma’lumot tarqatganlik uchun Qonunni buzasiz.