Yangiliklar

Rasmiy xabar
03/11/2025 11:20 2404 Yangiliklar
Rasmiy xabar

Kontraktatsiya ochilgan vaqtdan boshlab, soat 11:00 holatiga ko‘ra, uzavtosavdo.uz onlayn platformasidan foydalangan holda jami 53 911 dan ortiq shartnomalar muvaffaqiyatli rasmiylashtirildi.

UzAutoSavdo onlayn-savdo tizimi 30 ta kiberhujumga uchragan. Umuman olganda, tizimda ushbu vaqt oralig‘ida 165 mingdan ortiq faol seanslar va soniyasida 1 180  dan ortiq yangi seanslar qayd etildi.

Ushbu davr mobaynida kompaniyaning Call-markazi tomonidan 584 ta murojaatlar qabul qilinib, ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, onlayn tarzda tuzilgan shartnomalarda maxsus QR-kod  mavjud bo‘lishiga etiboringizni qaratamiz, u shartnomaning haqiqiyligini tasdiqlaydi. Bunday QR-kod  ega bo‘lmagan shartnomalarga “UzAuto Motors” AJ va Chevrolet rasmiy dilerlari aloqador emas. Mijozlardan diqqatli bo‘lishlarini va shartnoma tuzishda doimo ushbu QR-kod  mavjudligini tekshirishlarini so‘raymiz.

UzAuto Motors avtomobillar kontraktatsiyasi bo‘yicha barcha rasmiy ma’lumotlar kompaniyaning veb-saytida taqdim etilishi hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali yoritilishini eslatib oʻtadi.