Axborot xabari

QOZOG’ISTON POLITSIYASI COBALTNI TANLAYDI
2021-12-14 18:36:52 Axborot xabari
 
                          Axborot xabari

“Uzauto Motors”ning Chevrolet Cobalt avtomobili 1 yildan ortiq vaqtdan buyon Qozog'iston avtomobil bozorida sotuvlar bo'yicha yetakchilik qilmoqda. 

Ishonchli va qulay Cobalt nafaqat Qozog'istondagi oddiy iste'molchilar orasida ommaboplikka erishdi. Kostanay viloyati politsiyasi ham ushbu avtomobilning afzalliklarini yuqori baholab, patrul xizmati uchun 22 ta Cobalt avtomobilini xarid qilishdi. 

Avvalroq, joriy yilning iyul oyida Shimoliy Qozog'iston viloyati politsiya xizmati ham aynan mana shu avtomobil modelini tanlab, o’z avtoparkini 86 ta yangi Chevrolet Cobalt xizmat mashinalari bilan to’ldirdi. Bu esa, o’z navbatida ushbu avtomobilning yana bir bor ishonchli va sifatli ekanligini tasdiqlaydi.

Avtomobillar xaridi Qozog‘iston viloyati politsiyasini mustahkamlash va xizmatni moddiy-texnik jihatdan jihozlashni takomillashtirish davlat dasturi doirasida amalga oshirildi. Shuningdek, Cobalt avtomobillari patrul xizmatidan tashqari, chekka hududlardagi mahalliy politsiyaning sodiq yordamchilariga aylanadi. 

Viloyat hokimligi politsiya xodimlari ehtiyojlari uchun sotib olingan Cobalt avtomobillari ularga imkon qadar tezroq harakat qilish, jinoyatchilikni oldini olish va kamaytirish vazifalarini yetarli darajada bajarishga imkon berishiga ishonadi.

Shuningdek, Qozog'iston politsiyachilari ham ushbu avtomobilning tejamkorligi va ishonchli ekanligini qayd etishdi.