Yangiliklar

RASMIY XABAR
16/01/2026 21:31 292 Yangiliklar
RASMIY XABAR

Ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet avtomobillari bo‘yicha amaldagi takliflar yuzasidan turli talqinlar tarqalmoqda. 

“UzAuto Motors” AJ Chevrolet Tracker avtomobillarining barcha komplektatsiyalari uchun belgilangan chegirmalar, shuningdek, Chevrolet Onix avtomobillarining ayrim komplektatsiyalari bo‘yicha takliflar faqat 2025-yilda ishlab chiqarilgan modifikatsiyalarga tegishli ekanligini hamda ular cheklangan miqdordagi jami 2 631 dona avtomobillarga taalluqli ekanligini, amal qilish muddati esa avtomobillar mavjudligiga qarab belgilanishini ma’lum qiladi.

UzAuto Motors axborot siyosatida xolislik va shaffoflik tamoyillariga amal qiladi hamda kompaniya faoliyati to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarni rasmiy axborot kanallari orqali taqdim etadi.