Axborot xabari
Savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali 25 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobilining 2024-yilgi ishlab chiqarish hajmi uchun boshlangan onlayn kontraktatsiya jarayoni yakuniga yetdi.
24 931 ta tuzilgan shartnomalar One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va 1 ta dan ko‘p bo‘lmagan avtomobil uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi. 69 ta shartnoma yuridik shaxslar ulushiga to‘g‘ri keldi.
Onlayn kontraktatsiya jarayonida UzAutoSavdo tizimida 56 ta kiberhujum amalga oshirildi. Bu esa platforma faoliyatida uzilishlarga olib keldi. Bundan tashqari, ushbu davr mobaynida saytga tashrif buyuruvchilar soni yuqoriligi kuzatildi. Xususan, platformada daqiqasiga 100 mingdan ortiq foydalanuvchi bo‘lgan.
Yuqori yuklanish kuzatilganligi sababli UzAutoSavdo platformasida uzilishlar kuzatilishiga qaramay, avtomobillar xaridi uchun kontraktatsiya jarayoni to‘liq yakunlandi.
UzAuto Motors o‘z mijozlariga Chevrolet brendini tanlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiradi.