Axborot xabari
Siz intiqlik bilan kutgan kun keldi – avtosalondan o‘zingizning yangi avtomobilingizni olib ketasiz. Quvonchingizning cheki yo‘q, his-tuyg‘ularga to‘lib toshgansiz. Tabiiyki, butun fikru xayolingiz sotib olgan avtomobilingizni tezroq haydab ketib, do‘stlaringiz va yaqinlaringizga ko‘rsatishda bo‘ladi.
✅ FOYDALI YO‘RIQNOMA!
Avtomobilingizni olib ketishingizdan avval dilerlik markazi xodimlari uning servis kitobchasini taqdim etishlari va sotuv oldi ko‘rigini o‘tkazib berishlari shart. Siz mijoz sifatida dilerlik markazi xodimlaridan sotuv oldi ko‘rigini o‘tkazib berishlarini talab qilishga haqlisiz.
✅ ILTIMOS DIQQAT QILING!
Diqqat qiling, odatda e’tibordan chetda qoladigan servis kitobchasi Sizga nima uchun beriladi? Dilerlik markazi xodimi servis kitobchasining 6-betida keltirilgan punktlar bo‘yicha avtomobilingizni navbatma-navbat sizning ishtirokingizda ko‘rikdan o‘tkazadi. Ushbu ko‘rikni to‘g‘ri o‘tkazilishini kuzatib borishni unutmang.
✅ SIZ UCHUN MUHIM!
Sotuv oldi ko‘rigidan so‘ng, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoniga o‘ting. Avtomobilning dvigatel, shassi va kuzovidagi seriya raqamlarini hujjatdagilari bilan mos kelishini tekshiring. Avtomobilni qabul qilish va aktga imzo qo‘yishdan oldin, har bir so‘zni diqqat bilan o‘qib, yozilganlarning barchasi bilan tanishib chiqqanligingizga ishonch hosil qilganingizdan so‘nggina uni imzolang.