Yangiliklar
Hurmatli aksiyadorlar!
“UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashining 2026-yil 6-fevraldagi bayonnomasiga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2026-yil 5-mart kuni 15:00 da o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini masofadan turib Internet tarmog‘ida onlayn rejimda o‘tkazishga mo‘ljallangan “Elektron ovoz berish - eVOTE” (http://evote.uz/) elektron ovoz berish servisi orqali o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reestri 2026-yil 27-fevral holatiga tuziladi. Ushbu sanada tuzilgan reestrga kiritilgan aksiyadorlar 2026-yil 5-mart kungi Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashadilar.
Jamiyatning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy.
Jamiyatning elektron pochta manzili: info@uzautomotors.com
Kun tartibi:
1. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Jamiyatning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
3. Jamiyatning yangi tahrirdagi nizomini tasdiqlash.
4. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining 2025-yil 10-fevraldagi 2-2025-sonli yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan ayrim qaror(lar)iga qo‘shimchalar kiritish.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan materiallar bilan aksiyadorlar Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy manzilida joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida 2026-yil 09-fevral kunidan 2026-yil 4-mart kuniga qadar, ish kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha tanishishlari mumkin.
Aksiyadorlar http://evote.uz/ internet saytining elektron ovoz berish servisi orqali yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yhatiga kiritilganligi haqida elektron xabar olgan vaqtdan boshlab Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etuvchi aksiyadorlar sifatida ro‘yhatdan o‘tgan deb hisoblanadi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida elektron ovoz berish servisi orqali ishtirok etish qoidalari (shartlari) bilan http://evote.uz/ saytida tanishib chiqishingizni so‘raymiz.
Telefon: 78 140-55-40 (3-1729 va/yoki 1727#)
Jamiyat Kuzatuv kengashi.