E'lon

UzAuto Motors tadbirkorlarni ehtiyot qismlar yarmarkasiga taklif etadi
2024-05-03 15:06:13 E'lon
 
                          E'lon

Hurmatli avtoservis sohasidagi tadbirkorlar!

Sizlarni avtomobil ehtiyot qismlari yarmarkasiga taklif qilamiz. Unda UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan avtomobillar uchun ehtiyot qismlarning assortimenti taqdim etiladi.

Avtomobil ehtiyot qismlarining ulgurji (optom) savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish maqsadida, kompaniya tomonidan ochiq yarmarka tashkil etilmoqda. Unda tadbirkorlar sotuvga chiqarilgan avtomobil ehtiyot qismlarining keng turi bilan tanishishlari mumkin.

Yarmarka davomida tadbir qatnashchilariga zaruriy ehtiyot qismlarni ishlab chiqaruvchi tannarxida ulgurji xarid qilish uchun shartnoma tuzish imkoniyati beriladi.

Yarmarka 6-8 may kunlari Andijon shahrining Aylanma ko‘chasidagi “Andijon Tola Terminal” MCHJ hududida joylashgan UzAuto Motors omborida bo‘lib o‘tadi.
 
Manzil

Yarmarkada ishtirok etish uchun arizangizni orderparts@uzautomotors.com elektron pochta manziliga yuboring.