Yangiliklar

UZAUTO MOTORS KOMPANIYASI CHEVROLET SPARK, NEXIA, COBALT VA LACETTI AVTOMOBILLARI KONTRAKTATSIYASINI QAYTA YO‘LGA QO‘YDI
2021-03-03 12:41:52 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

5 fevralda UzAuto Motors kompaniyasi Asaka sh.dagi zavodda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga kontraktatsiya vaqtincha to‘xtalganligi haqida xabar bergandi. Bu to‘xtatish, xabar berilganidek, majburiy chora bo‘lib, SAP S/4HANA korxona resurslarini boshqarish tizimi (ERP-tizim)ni ishga tushirish jarayoni bilan bog‘liq edi.

SAP S/4HANA ­– bu resurslarni rejalashtirish uchun yirik korxonalarga mo‘ljallangan dasturiy to‘plam – ERP-tizimdir. U asosiy kundalik biznes-jarayonlarni qamrab oladi: ishlab chiqarish, xaridlar va logistika, moliya va buxgalteriya hisobi, kadrlar maʼmurchiligi, mahsulotni sotish. Ushbu tizimning muvaffaqiyatli integratsiyasi real vaqt rejimida maʼumotlarni tahlil qilish va prognozlash imkonini beradi, bu esa, maʼlumotlar asosida biznes-qarorlarni tez qabul qilishga yo‘l ochadi.

SAP S/4HANA tizimiga o‘tilishi kompaniya moslashuvchanligi, samaradorligi o‘sishi va xarajatlarining tejalishiga imkon beradi, shuningdek yetkazib berish zanjirini optimizatsiyalaydi. Kompaniyaning amaldagi barcha biznes-jarayonlariga daxl qiluvchi bu tizim takrorlanuvchi vazifalarni bajarishdan xalos qiladi, murakkab biznes-jarayonlarni optimizatsiyalaydi va barcha miqyoslardagi jarayonlarning to‘liq avtomatizatsiyasini taʼminlaydi.

Ishlab chiqarish jarayonlari, ombor hisobi va kompaniyaning ishlab chiqarish bloklarida butlovchi qismlar yetkazib berilishi tizimini avtomatizatsiyalash konveyerga butlovchilar va xom ashyoning o‘z vaqtida yetkazib berilmaganligi bilan bog‘liq ishlab chiqarishdagi to‘xtab qolishlarni chetlab o‘tish imkonini beradi. Bundan tashqari, tizimli yondashuv korxona omborlarida ortiqcha xom ashyo, butlovchi qismlar va mahsulot turib qolishining oldini oladi, deb maʼlum qildi kompaniya.

Avtomobillarni taqsimlash jarayonining avtomatizatsiyasi (navbatga avtomatik qo‘yish) bilan bir qatorda, UzAuto Motors kompaniyasi sotuvlar tizimida shartnomalarni rasmiylashtirish jarayonining ham maksimal avtomatizatsiyasiga erishish niyatida. Bu barcha jarayonlarning shaffofligini oshiradi va inson omilini istisno qiladi.