Yangiliklar

“UzAuto Motors” pozitsiyasi xaridorlarga tanlov huquqini berish – avtomobilni o’rindiq isitgichi opsiyasiz 1 million soʻm kompensatsiya bilan qabul qilib olish yoki yetishmayotgan detalning yetkazilishini kutish
2021-10-18 00:46:40 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Shu haftada jamoatchilik orasida mashhur deputat “UzAuto Motors” xaridorlarga muddatidan oldin Chevrolet Cobalt avtomobilini o’rindiq isitgichi modulisiz topshirish haqidagi qaroriga nisbatan ochiqchasiga da’vo bilan chiqdi.

Kompaniyaning xaridorlar uchun avtomobilni olish muddatini tezlashtirish imkonini beruvchi taklif etilgan tashabbusi, deputat tomonidan ko’plab ayblovlarga duch keldi. Uning fikricha, birgina opsiyasiz yuzlab Cobalt avtomobillari zarur yarimo’tkazgichlar kelgunigacha kompaniya omborida qolishi kerak.

Deputatni xaridorlarning fikri qiziqtirmaydi. “UzAuto Motors” pozitsiyasi xaridorlarga tanlov huquqini berish – avtomobilni o’rindiq isitgichi opsiyasiz 1 million soʻm kompensatsiya bilan qabul qilib olish yoki yetishmayotgan detalning yetkazilishini kutish. 

Vaholanki, to’liq komplektatsiyali avtomobilni yetkazib berish muddati o’z kuchida qoladi.  

Yarimo’tkazgichlarning tanqisligi, ishlab chiqarishning qisqarishi, navbatlar – butun dunyo avtomobilsozlik sanoati krizis davrni boshdan kechirmoqda. “UzAuto Motors” ham bundan mustasno emas.

Yarimo’tkazgich komponentining yetishmovchiligiga to’xtaladigan bo’lsak – bu yuzaga kelgan vaziyat fors-major bandiga to’g’ri keladi. Fors-major holatlar yuzaga kelganda jarimalar ko’zda tutilmagan.

Avtomobilni xarid qilish shartnomasida iste’molchi to’lovni to’liq qaytarish sharti bilan mahsulot xarididan voz kechishi, almashtirishi yoki komplektasiya o'zgargani uchun qayta hisob-kitob qilishi ko’rsatilgan 2.4 band bor. 

So’nggi tanlov xaridorda qoladi. Iste’molchi huquqi hurmat qilinadi. 

So’ngra, hurmatli deputat o’rindiq isitgichi modulisiz beriladigan avtomobilni “brak” deb atadi. 

Qo’shimcha opsiyaning yo’qligi yaroqsiz hisoblanmaydi. Ushbu qonunda “brak” (yaroqsiz) so’zining o’zi umuman yo’q

Xalq saylagan deputat “brak” (yaroqsiz) so’zi bilan mahsulotdagi yetishmovchilikni nazarda tutgan ko'rinadi. 

"Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunning 19 -moddasiga binoan – mahsulotdagi yetishmovchilik – bu mahsulotni to’liq maqsadli ishlatilishidagi kamchilikdir. 

Ya’ni, hurmatli deputat, o’rindiq isitgichisiz avtomobildan foydalanib bo’lmaydimi? Bundan ko’rinib turibdiki, deputat ko’rsatgan qonunini o’zi o’qimagan. 

Noto’g’ri talqin, o’zboshimchalik bilan xulosa chiqarish, fuqarolarni chalg’itish “UzAuto Motors” ekspertlarida xalq deputati o’z mamlakatining qonunchiligini bilishiga jiddiy shubha uyg’otdi.

Shunday qilib, biror bir deputat normativ hujjatlarni o’zicha talqin qilib, ixtiyoriy ravishda yoki beixtiyoriy o’z aholisini norozilikka chaqirishga qanchalik haqli?