Yangiliklar
Bir oy avval tuzilgan shartnomalar bo’yicha dilerlik markazlari xaridorlarga Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillarini muddatidan oldin yetkazib berishni boshladi. Bunga o’z navbatida, UzAuto Motors’ning ishlab chiqarish quvvatlarida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari tufayli avtomobil ishlab chiqarish hajmini oshirish natijasida erishildi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish hajmini oshirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar samarasi o’laroq, barcha mavjud ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillarining qo’shimcha partiyasini ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlari ham ishlab chiqildi.
Qolaversa, avval xabar berilganidek, kompaniya avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirish maqsadida ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimini joriy etmoqda. Shuningdek, barcha tuzilgan shartnomalar bo’yicha avtomobillar qisqa vaqt ichida o’z egalariga yetkazib beriladi.
Bugun, 18-sentabr UzAuto Motors rasmiy saytida ko’rsatilgan komplektatsiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilmoqda. Avtomobillar soni cheklangan.
Eslatib o’tamiz, agar bir shaxs nomiga yiliga bir xil model uchun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilinsa, kompaniya shartnomaning 3.1.2 bandiga asosan avtomobillarni yetkazib berish muddati uzaytiradi. Shu munosabat bilan, xaridorlardan shartnomani imzolashdan oldin uning barcha bandlari bilan to’liq tanishib chiqishlarini iltimos qilamiz.
Avtomobillar uchun shartnomani Chevrolet’ning vakolatli dilerlik markazlarida tuzishingiz mumkin. Avtomobillar va ularning komplektatsiyalari haqida batafsil ma’lumotni +99878 141 7777 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib bilishingiz hamda UzAuto Motors’ning rasmiy saytlarida www.uzautomotors.com va www.chevrolet.uz dan olishingiz mumkin.