Yangiliklar

Toshkentda “Olamavto” avtokompleksi va Trade-in markazi ochildi
2022-10-29 02:20:04 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Toshkentda UzAuto qozog'istonlik hamkorlari bilan birgalikda zamonaviy, ko’p funksiyali “Olamavto” avtomobil majmuasini yaratdi va ochdi. “Olamavto” avtomobil xabi– bu 3S jahon standartlariga javob beradigan avtomobillar, ehtiyot qismlar va texnik xizmat ko'rsatish majmuasi hisoblanadi.

Respublika avtomobilsozlik sanoatidagi asosiy voqea Olamavto hududida Trade-in markazining ochilishi bo’ldi. Ushbu markaz avtomobil ixlosmandlari uchun minilgan avtomobilni yangisiga yoki sertifikatga ega minilgan avtomobilga almashtirish imkoniyatini beradi.

Olamavto avtomobil xabining tantanali ochilishida “O`zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Umurzakov Shavkat Buranovich va GM International prezidenti Shilpan Amin ishtirok etdi.

“Bugun biz o’zbek-qozoq munosabatlarini mustahkamlash yo’lidagi yana bir muhim qadamning guvohi bo’ldik. O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasidagi avtomobilsozlik sohasidagi ko’p yillik samarali hamkorlik yana bir loyiha – zamonaviy avtomobilsozlik markazi bilan to’ldirildi. O’zbekistonda avtomobillashtirishning o’sish sur’atlarini hisobga olsak, “Olamavto” O’zbekistonda avtomobillarni sotish va sifatli xizmat ko’rsatish markazlaridan biriga aylanishiga ishonaman”. – dedi Shavkat Umurzakov.
Shilpan Amin o’zining kirish so’zida yangi xizmat ko’rsatish formatini taqdim etish muhimligini ham ta’kidladi. Uning so’zlariga ko’ra, “Bu UzAuto va uning hamkorlari tomonidan mintaqadagi Chevrolet mijozlari uchun yuqori darajadagi tajribani taqdim etishda muhim qadamdir. Chevrolet mijozlari eng zamonaviy Olamavto avtomobil markazi Chevrolet avtomobillarini sotish va ularga xizmat ko’rsatish bo‘yicha Chevroletning jahon standartlariga javob berishiga ishonch hosil qilishlari mumkin”.

Markazning barcha operatsion faoliyati real vaqtda boshqarish va nazorat qilish uchun raqamlashtirilgan. Mijozlar bir necha soat ichida minilgan avtomobilni yangisiga almashtirish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Bunga raqamli baholash tizimi, avtokredit dasturlari uchun shartlar, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va notarial xizmatlarni bevosita avtosalonda amalga oshirishga yordam beradi. Barcha jarayonlarni bir joyda amalga oshirish imkoniyati esa kutish vaqtini sezilarli darajada qisqartirib mijozlar oqimini oshiradi.

Shu bilan birga, majmuada yangi avtomobillar, sertifikatlangan minilgan avtomobillar hamda ehtiyot qismlar savdosi, shuningdek, servis va kafolatli texnik-xizmat ko’rsatish ham amalga oshiriladi.

Ko’p funksiyali avtokompleksning ishga tushirilishi 150 ga yaqin qo’shimcha ish o’rni yaratib, savdo, xizmat ko’rsatish va marketing sohalarida bandlikni ta’minlaydi.

www.olamavto.uz
Call-centre: 1312
Toshkent, Elbek 61

Yangiliklar

Toshkentda “Olamavto” avtokompleksi va Trade-in markazi ochildi
2022-11-01 21:20:04 Yangiliklar