Yangiliklar

“UzAuto Motors” Ajda Kaizen guruhlarining navbatdagi 10-umumzavod konferensiyasi o‘tkazildi
11/12/2025 17:13 57 Yangiliklar
“UzAuto Motors” Ajda Kaizen guruhlarining navbatdagi 10-umumzavod konferensiyasi o‘tkazildi

“UzAuto Motors” AJ korxonasida, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish, sifat muammolarini oldini olish va boshqa turdagi takomillashtirish ishlari bo‘yicha 10-umumzavod Kaizen konferensiyasi o‘tkazildi. 

Konferensiyada zavod xodimlari, rahbariyat vakillari, ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirishga hissa qo‘shgan muhandislar bilan bir qatorda oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda “O‘zavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tizim korxonalarining delegatsiyalari ishtirok etishdi.

Tadbirni “UzAuto Motors” AJ Texnik rivojlantirish direksiyasi direktori Saidbek Mamadaliyev kirish so‘zi bilan ochib, Kaizen tizimining korxona ishlab chiqarish samaradorligidagi o‘rni va istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shundan so‘ng qatnashchilarga mazkur yo‘nalishdagi ishlar aks etgan videolavha namoyish etildi.

Konferensiya davomida Kaizen guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilgan takomillashtirish ishlari, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda g‘oyalar yuqori baholandi. Ushbu tashabbuslar natijasida operatsion xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, sifat muammolarini bartaraf etish va yo‘qotishlarni qisqartirish yo‘nalishlarida sezilarli yutuqlarga erishilgani qayd etildi.

Baholash jarayoni komissiya tomonidan bir nechta me’zonlar asosida amalga oshirildi. Kaizen guruhlarning tashabbuslari ularning ahamiyati, murakkabligi, taqdimot sifati hamda amaliy natijadorligi bo‘yicha baholandi. Tadbirda jami 10 ta Kaizen guruhi ishtirok etdi va unda o‘nlab xodimlar faol qatnashdi.

Konferensiya yakunida yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar maxsus sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Tadbir barcha ishtirokchilar uchun o‘zaro tajriba almashish, innovatsion g‘oyalar bilan tanishish hamda kelgusi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

Korxona rahbariyati kelajakda Kaizen jarayonlarini yanada rivojlantirish va keng ko‘lamda tatbiq etish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishini alohida ta’kidladi.