Yangiliklar

2022 yilning besh oyida "UzAuto Motors" AJ o'tgan yilning shu davriga nisbatan 47% ko'proq avtomobil ishlab chiqardi.
2022-06-23 04:54:49 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

2022-yilning yanvar-may oylari davomida «UzAuto Motors» zavodida 126 246 ta avtomobil ishlab chiqarildi. Ushbu ko'rsatkich 2021-yilga qaraganda 47%ga ko'proq. Shunday qilib, o’tgan yilga nisbatan ishlab chiqarish hajmining o’sishi 40 452 dona avtomobilni tashkil etadi.

Ta'kidlash joizki, joriy yilning birinchi yarmida Chevrolet Tracker 2023 yil modeli sanoat ishlab chiqarishga joriy etish bo'yicha keng ko’lamli tashkiliy chora-tadbirlar fonida ishlab chiqarish hajmining keskin o'sishi kuzatilmoqda. Yangi avtomobilni ishlab chiqarishga iyul oyi o'rtalarida start berilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, kompaniya o'z rasmiy saytida Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan Chevrolet Tracker (2023 yil modeli) avtomobili sotuvining start olish sanasiga rasman teskari sanoqni boshlagandi. Unga ko’ra, 30 avgust sanasidan boshlab yangi avlod avtomobilini xarid qilishingiz mumkin.