Axborot xabari

Rasmiy xabar
12/11/2026 17:45 6961 Axborot xabari
Rasmiy xabar

Ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Onix avtomobili o‘rindig‘ining ichki karkasida profilli quvur qo‘llangani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Ma’lum qilamizki, profilli quvurlar va metall chiviqlar karkas konstruksiyasida ko‘zda tutilgan elementlardir. Ularning o‘lchamlari va materiallari tasdiqlangan konstruktorlik hujjatlari hamda belgilangan texnik talablarga mos keladi.

Chevrolet Onix o‘rindiqlari General Motors kompaniyasining xalqaro standartlariga muvofiq barcha zarur sinovlardan, shuningdek, belgilangan validatsiya va sertifikatlashtirish jarayonlaridan o‘tgan.

Profilli quvurning qo‘llangani o‘z-o‘zidan mahsulotda kamchilik borligini anglatmaydi. Karkasning ayrim elementlari tashqi ko‘rinishiga qarab o‘rindiqning umumiy sifati va xavfsizligi haqida asosli xulosa chiqarib bo‘lmaydi.

Texnik talablarda yashirin metall elementlarni dekorativ bo‘yash nazarda tutilmagan.