Mahsus takliflar
Chevrolet Tracker, Onix, Cobalt va Damas uchun maxsus takliflar 31-dekabrgacha yakunlanadi
“UzAuto Motors” AJ Chevrolet Tracker, Onix, Cobalt va Damas avtomobillari uchun e’lon qilingan chegirma va muddatli to‘lov aksiyalari 2026-yil 31-dekabr kuni yakunlanishini ma’lum qiladi.
Yil yakuniga qadar Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini 100% oldindan to‘lovda 47 million so‘mgacha chegirma bilan xarid qilish imkoniyati amal qiladi.
Har to‘rt modelni bank ishtirokisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri foizsiz bo‘lib to‘lash shartlari asosida xarid qilish aksiyasi ham 31-dekabr kuni yakunlanadi.
Ushbu aksiya doirasida Chevrolet Tracker avtomobilini xarid qilgan mijozlarga 22 million so‘mgacha chegirma qo‘llaniladi.
Shuningdek, hamkor tijorat banklari orqali 0% stavkada muddatli to‘lov asosida xarid qilish taklifidagi Chevrolet Tracker uchun chegirma ham 31-dekabrga qadar amal qiladi.
Aksiya shartlari, to‘lov tartibi haqida batafsil ma’lumot olish uchun Chevrolet rasmiy dilerlariga murojaat qiling.