Yangiliklar

CHEVROLET 2020 YILDA QOZOG‘ISTONDA ENG TEZ RIVOJLANAYOTGAN BRENDGA AYLANDI
2021-01-29 18:07:04 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Chevrolet 2020 yilda Qozog‘istonda eng ommabop avtomobillar ro‘yxatiga kirib, eng tez rivojlanayotgan brendga aylandi.

 

UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar yana bir bor Qozog‘iston avtomobil bozori reytingining birinchi o‘rinlariga chiqdi. Qozog‘iston avtomobil biznesi assotsiatsiyasining (AKAB) maʼlumotlariga ko‘ra, 2020 yil dekabr oyida Qozog‘iston avtomobil bozorida jami 2493 dona Chevrolet rusumli avtomobillar sotilib, mamlakat yangi avtomobillar bozori umumiy hajminig 26,7% tashkil etdi.

 

Qozog‘iston avtomobil bozoridagi keng tanlovga qaramay, 2020 yil davomida UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar sotishdagi ulushini oshirishda davom yetmoqda va eng ko‘p sotilgan brendlar reytingida yuqori o‘rinlarni egallab turibdi. Shunday qilib, o‘tgan yilning dekabr oyida Chevrolet yana Hyundai, Lada, Toyota va Kia kabi brendlarni ortda qoldirib, TOP-5 brendlari yetakchisiga aylandi.

Eng ko‘p sotilgan avtomobillar orasida birinchi o‘rinni Chevrolet Cobalt egalladi, ikkinchi o‘rinda Chevrolet Nexia sotilgan. Xuddi shu modellar 2020 yilning oktyabridan dekabrgacha bo‘lgan davrda eng ommabop avtomobillar reytingini egalladi.

 

Qozog‘istonda 2020 yil IV chorak yakunlariga ko‘ra, 2892 dona Chevrolet Cobalt va 2615 dona Chevrolet Nexia avtomobillari sotildi.