Yangiliklar
![Yangiliklar](/images/uploads/08f678f321ba79530b23f.jpg)
“UzAuto Motors” AJ Asaka shahridagi zavodida yangi Chevrolet Tracker-2 avtomobilini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi boshlandi.
Test sinov tariqasida ishlab chiqarilgan Tracker avtomobillari "NON-SALEABLE", ya'ni "Sotuv uchun moʻljallanmagan". Sotuv uchun mo'ljallanmagan avtomobillarning ishlab chiqarilishi, yig'uv jarayonidagi barcha zaruriy bosqichlarni sinab ko'rish hamda qayta ishlash imkonini beradi.
![](https://telegra.ph/file/ae4f26f5fbe00969919f6.jpg)
Tracker avtomobili ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyishga tayyorgarlik jarayonida sinov uchun 16 dona avtomobil ishlab chiqariladi. Keyinchalik ushbu avtomobillar notekis yo'lda harakatlanish va iqlim sharoitiga moslashuvchanligi tekshiruvdan o'tkaziladi.
– Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlikning barcha bosqichlari reja asosida olib borilmoqda, kamchiliklar aniqlanmadi, – deydi loyiha rahbari Tolibjon Samsoqov.
Avval xabar berilganidek, "UzAuto Motors" AJ joriy yilning yozida Chevrolet Tracker-2 avtomobilini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Avtomobil LED yoritgichli kunduzgi chiroqlar, rangli 8 dyumli sensor displey Chevrolet MyLink, 6 dinamikli multimedia tizimi, koʻpfunksiyali rul, konditsioner, panoramali lyuk va orqa oyna istish tizimi, old va orqa oyna elektropodyomnik bilan jihozlangan.
Chevrolet Tracker avtomobili 6 ta xavfsizlik yostiqchalari, orqa koʻrinish kamerasi, shinalar bosimi monitoringi tizimi, barqarorlikni nazorat qilish tizimi (ESP), tormoz (ABS) tizimi, tepalikka ko’tarilishga yordam tizimi (HSA), orqa parktroniklarva bolalar o'rindig'i Isofix xavfsizlik texnologiyalariga ega.
![](https://telegra.ph/file/0db2124bbb44815e9f573.png)