Yangiliklar
“UzAuto Motors” AJ mijozlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida hamkor tijorat banklari bilan birgalikda dam olish kunlari ham xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yo‘lga qo‘ydi.
Hafta ichida vaqt topa olmayapsizmi? Unda dam olish kunlari eng yaqin Chevrolet dilerlik markaziga tashrif buyuring.
Endilikda dam olish kunlari Chevrolet dilerlik markazlari faoliyat yuritadi. Siz dilerlik markazida avtomobilni tanlab, bank xizmatlari hamda foizsiz muddatli to‘lov shartlari bo‘yicha barcha zarur ma’lumotlarni bevosita diler orqali olishingiz mumkin.
Dam olish kunlari ishlaydigan hamkor banklar ro‘yxati bilan tanishish hamda batafsil ma’lumot olish uchun Chevrolet rasmiy dilerlik markazlariga murojaat qiling.