Yangiliklar

AVTOMOBILINGIZ YOQILG’ISIGA EHTIYOT BO’LING!
2021-04-19 16:21:27 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Bugungi kunda avtomobil yoqilg’isi o’zida benzin xususiyatlarini shakllantiradigan murakkab kimyoviy mahsulotdir. Dvigatelning asosiy tarkibiy qismlari – porshenlar, o’t oldirish shamlari, benzonasos, egzoz va quvvat tizimlarining faol ishlashi benzin sifati bilan uzviy bog’liq.

Afsuski, so’nggi vaqtlarda AYoQShlarda sotiladigan yoqilg’i sifatiga oid shikoyatlar kam emas. Ba’zi yoqilg’i shaxobchalarida standartlarga mos bo’lmagan benzinlar ishlatilishi kuzatilmoqda va bu avtomobil dvigatelining ishdan chiqishiga hamda avtomobil egalarining qo’shimcha xarajat qilishiga sabab bo’lyapti.

Agar siz avtomobilingizda yoqilg’i sarfining ko’payganini, tortish ko’rsatkichlarining yomonlashganini (quvvatni yo’qotish, gaz pedalini bosishda kuchsiz reaksiya) sezsangiz, muammo sabablarini aniqlash va dvigatelni diagnostika qilish uchun “UzAuto Motors”ning rasmiy servis markazlariga murojaat qilishingiz zarur.

Sifatsiz benzinni ishlatish natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlardan qochish uchun quyidagi tavsiyalarga rioya qiling:

     * Avtomobilingiz uchun yoqilg’ini faqat ishonchli yoqilg’i quyish shaxobchalaridan quying;

  * Yoqilg’ini konteynerlarda hamda maxsus sertifikatga ega bo’lmagan yoqilg’i quyish mashinalaridagi jismoniy shaxslardan sotib olmang;

     * Qo’shimcha moddalar qo’shish orqali sun’iy ravishda yuqori oktan raqamiga ega bo’lgan yoqilg’idan foydalanmang;

     * Avtomobilingizga yoqilg’i quyish paytida har doim to’lov qog’ozini so’rang va uni saqlab qo’ying. 

Va eng muhimi: avtomobilning yaxshi texnik holatini saqlab qolish uchun faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan yoqilg’idan foydalaning (avtomobil qo’llanmasida tavsiya etilgan yoqilg’ilar bilan tanishib chiqing).