Yangiliklar
Xorazm filiali ishlab chiqarish liniyasining konveyeridan 250 minginchi avtomobil chiqdi. Yubiley modeli Damas avtomobili boʼldi.
2020 yil 27 oktyabrdan zavodda yana bir yubiley marrasi zabt etilgandi – joriy yildagi 50 000- avtomobil ishlab chiqarilgandi. Jami boʼlib, 2020 yil oxiriga qadar Xorazm atvomobil zavodida 60 000 dona avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
UzAuto Motors Xorazm filiali 2013 yilda taʼsis etilgan, bir yildan keyin konveyerdan ilk atvomobil chiqqan. Bugungi kunda korxonada Damas va Labo avtomobillari chiqariladi.
Qayd etish kerakki, zavod ishga tushishi bilan bir vaqtda, zavodga butlovchi qismlar yetkazish uchun, beshta qoʼshma korxona – Uz Tong Hong, Uz Dong Yang, Uz Koram, Uz Dong Von, Uz Semyungning filiallari ham ochilgan. Bu, oʼz navbatida, taqriban 600 ta yangi ish oʼrinlari yaratish imkonini bergan.