Press-reliz
GM Uzbekistan kompaniyasi Andijon viloyati Bo‘z va Qo‘rg‘ontepa tumanlaridagi ikkita oilaviy poliklinikani kapital ta’mirdan chiqarib, foydalanishga topshirdi.
Bunday ko‘rsatma Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil iyun oyida Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgandi.
Poliklinikalarning faoliyatini tubdan yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda birinchi navbatda xalqaro tajriba, aholi fikr-mulohazalari va takliflari o‘rganildi.
Kuni kecha foydalanishga topshirilgan Bo‘z va Qo‘rg‘ontepa tumanlaridagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, uni malakali kadrlar, dori-darmon va tibbiy buyumlar ta’minlash borasida kompaniya tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Tibbiy muassasalarining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida poytaxtning malakali mutaxassislar jalb qilindi.
Mazkur loyihalarga kompaniya jami 4,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi. Muassasaning ishini qayta tashkil etish natijasi o‘laroq 30 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.