Yangiliklar

CHEVROLET — ISTE'MOLCHILAR TANLOVI
2022-05-22 09:48:45 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Bugun, 21-may kuni Hyatt Regency mehmonxonasida Milliy marketing markazi tomonidan tashkil etilgan V «2021-Yil brendi» mukofoti g’oliblarini tantanali taqdirlash marosim bo'lib o'tdi. 

O'zbekiston ichki bozorida  2021-yildagi muvaffaqiyatli marketing targ'iboti uchun o’tgan yil davomida  25 ta nominatsiya bo'yicha eng faol kompaniyalar iste’molchilar va eksportlar orasida to’plangan ovozlar asosida aniqlandi. Onlayn ovoz berish jarayonida 335 000 ziyod iste’molchi qatnashdi. 

Iste'molchilarning ochiq ovoz berish natijalariga ko'ra, “CHEVROLET” brendi “Transport” yo’nalishida katta farq bilan “Yil brendi” nominatsiyasida g’olib deb topildi. 

Eslatib o'tamiz, iste'molchilar orasida ochiq tarzdagi onlayn ovoz berish jarayoni @makon_brand_bot telegram bot orqali joriy yilning 10 aprelidan 10 mayiga qadar bo'lib o'tdi. 

Brendimiz uchun ovoz berib, bizni qo'llab-quvvatlagan har biringizdan minnatdormiz!