Yangiliklar

Korporativ elementlarini ishlab chiqaruvchi maxalliy korxonalar orasida ochiq tanlov
2021-03-26 13:45:50 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

«UzAuto Motors» AJ rasmiy dilerlik korxonalarini “Chevrolet” brendbuki asosida yangi standartlarga o‘tishini taʼminlash maqsadida, avtosalonlarni tashqi va ichki dizayni korporativ elementlarini (pilon, sotuv ofisini oynali devorlari, shourum mebellari, yoritish uskunalari, aksessuarlar va ehtiyot qismlar teriladigan alyumin panel va xkz.) ishlab chiqaruvchi maxalliy korxonalar orasida ochiq tanlov eʼlon qiladi.

Xamkorlik istagini bildirgan korxonalar to‘liq korporativ elementlar ro‘yxati va ularni texnik topshiriqlari bilan taʼminlanadi. Tanlovdan o‘tgan xamkorlardan “General Motors”ning avtorizatsiyasidan o‘tishi talab qilinadi.

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan ishlab chiqaruvchi korxonalar, tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida quyidagi kontaktga aloqaga chiqishlari mumkin:

Bekzod Ximmatkulov / “O‘zavtosanoat” AJ

Tel: (+998 78) 140-7650 (3-2323#)

E-mail: bekzod.himmatkulov@uzavtosanoat.uz