Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida mamlakatimiz avtomobilsozlik sohasining 40 dan ortiq ishchi xodimlari davlat mukofotlari va esdalik nishonlari bilan rag’batlantirildi
2021-09-01 06:16:35 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Mustaqillik kuni shunchaki bayram emas. Bu kun, har birimiz uchun, butun O‘zbekiston xalqi uchun buyuk voqea- katta va muhim bosqich - 30 yil davomida bosib o‘tgan yo'limizga faxr bilan baho bera oladigan kun.

Bugun bizni o’rab turgan, shu kungacha erishilgan jamiyki yutuqlarimiz – butun o‘zbek xalqining fidokorona mehnati natijasidir. Shu jumladan, har birimizning.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan bizga eng faol va fidoyi xodimlarni nishonlash va ularga "Mustaqillikning 30 yilligi" esdalik medallarini topshirish sharafini berishdi. Ishoning, bu juda qiyin vazifa, chunki har biringizni alohida ajratishimiz kerak. Boshqa tomondan, bizni oldinda hali juda katta sanalar va voqealar kutib turibdi.

Bundan tashqari soha xodimlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat mukofotlari "Sodiq xizmatlari uchun" va "Shuhrat" medallarii bilan taqdirlandi.

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan:

Xakimov A’zimjon Ergashovich - «UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyatining asbobsozlik sexi mexanika uchastkasi brigadiri

Aslanov Bobir Akramovich - «Jizzax akkumulyator zavodi» aksiyadorlik jamiyatining elektrodlar sexi boshlig‘i

«Shuhrat» medali bilan:

Baratov Xasan Alimboyevich - «Samarqand avtomobil zavodi» qo‘shma korxonasining payvandlash sexi katta mutaxassisi

Yaqubov Baxrambek Bobojonovich - «UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyatining Xorazm viloyati filiali yig‘uv sexi boshlig‘i

Bu medallar sizning fidoyiligingiz, professionalligingiz va vatanparvarligingizning timsoliga aylansin. Bayram muborak, hamkasblar!

Mustaqillik bayrami bilan, do‘stlar!