Axborot xabari

Hozirda zaruriy yong‘in-texnik ekspertizasi o‘tkazilib, yong’inning kelib chiqish sabablari o’rganilmoqda
2021-12-13 14:56:02 Axborot xabari
 
                          Axborot xabari

12-dekabr kuni internetda Chevrolet avtomobillarini olib ketayotgan avtotreylerning yonayotgani aks etgan video tarqaldi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin Rossiya avtomobil tashuvchisiga tegishli avtotreylerning salonida mahalliy dilerlar o'rtasida avtomobil tashishni amalga oshirish vaqtida sodir boʻlgan. Avtotreyler kabinasidagi alanga avtomobillar boʻlgan treylerga tarqalgan. Natijada 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar ko‘rgan. Hodisadan avtotreyler haydovchi jabrlanmagan.

Voqea Moskva viloyati hududida avtomobillarni mijozga olib o‘tish vaqtida sodir bo‘lgan. Barcha tashilgan avtomobillar sug'urtalangan bo'lib, ular rossiyalik mijozga tegishli bo’lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda zaruriy yong‘in-texnik ekspertizasi o‘tkazilib, yong’inning kelib chiqish sabablari o’rganilmoqda.