Yangiliklar

OGOH BO‘LING, ISHONIB QOLMANG!
2021-04-16 19:46:38 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ o‘z mizojlaridan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan foto va video-materiallarga ahamiyat berib, yuzaga keladigan muammolarni hal qilish uchun kompaniyaning vakolatli dilerlariga yoki rasmiy ishonch telefonlariga murojaat qilishlarini so‘raydi.

Call-Center: +99878-141-77-77
Facebook: fb.com/UzAutoMotorsOfficial 
E-mail: info@uzautomotors.com 

Bahor yomg‘irlar mavsumini boshlab keldi. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil ishqibozlarining avtomobilining korpusi suv bosayotganligi haqidagi shikoyatlari bilan murojaatlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Video murojaatdan ko‘rinib turibdiki, suv salon ichiga tushib, avtomobil gilamchalari ostida to‘plangan.

Yangi avtomobilning salonida suv to‘planishining sababi, avtomobil korpusining texnik teshiklarining demontaj qilinganligidir. 
Avtomobil modeliga qarab texnik teshiklar transport vositasining pastki qismida yoki dvigatel panelida joylashgan bo‘ladi. Ularning har biri zavodning qopqoqlari bilan mahkamlangan.

Ko‘p hollarda texnik teshiklarning demontaji tashqi qurilmalar masalan, videoregistratorlarni  o‘rnatish paytida yuzaga keladi. Tashqi qurilmalarni o‘rnatishda ishonchli bo‘lmagan yoki noprofessional mutaxassislar  teshiklarga zarar yetkazishi mumkin yoki qopqoqlashni butunlay unitib qo‘yishadi. Natijada esa, tananing zichligi buziladi va salon ichki qismiga suvning osonlik bilan kirishiga olib keladi.  

Yangi avtomobilingizda bunday tushunmovchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik va muammoni bartaraf etaman deb qo‘shimcha muammolarni yuzaga chiqarmaslik uchun biz faqat sertifikatlangan xizmat ko‘rsatish markazlariga murojaat qilishni maslahat beramiz.

Avtomobil ishlab chiqarish jarayonida salonga kirmaslik uchun avtomobil kuzovi turli xildagi himoya vositalari va moslamalar bilan ta’minlangan:

Avtomobilning kuzov va korpus qismlarini ishlab chiqarishda zichlik va shovqin sezdirmaslik uchun ovoz izolyasiyasi ishlatiladi.

Suvning salon ichki qismiga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, avtomobil kuzovlarini bo‘yashdan oldin,  texnologik teshik joylarida maxsus plomba va rezina tiqinlar o‘rnatiladi.

Avtomobillarni yig‘ishda, aynan elektr simlarni o‘rnatish jarayoni dvigatel qismi va korpuslar orasida, pastki qismidagi g‘ildirak arkalarida tashqaridan salonga o‘tish teshiklari himoya rezinasiga bilan qoplangan. 

 

 

Avtomobil tayyor bo‘lganda, uning suvga chidamliligi maxsus suv o‘tkazmaydigan dush xonasida  injektorlar yordamida  yuqoridan, pastdan, umuman har tomonlama suv bosimi bilan sinovdan o‘tkaziladi. 

*****************************

Biz, korxonamiz mahsuloti sifati bo‘yicha u xoh “call-markaz”ga  yoki rasmiy dilerlik markazlariga bo‘ladimi har qanday qayta aloqaga katta e’tibor bilan qaraymiz.

Albatta, anonim postlar asosida kompaniyaning nosozliklarni bartaraf etish uchun tezkor choralar qabul qilishi ancha murakkabroq, chunki bunda muloqot qiluvchi shaxsni topish imkoniyati bo‘lmaydi.

“UzAuto Motors” mahsulotiga oid barcha masalalarning jadal hal qilinishi uchun mijozlardan bevosita kompaniyaning o‘ziga va uning dilerlariga murojaat qilishni iltimos qilamiz, zero bu butun jarayonni tezlashtiriradi. Qolaversa, bu “UzAuto Motors” ga ishlab chiqarishdagi va dilerlik markazlaridagi tizimli muammolarni aniqlash imkonini beradi.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchining standart yo‘riqnomalariga ko‘ra, oldi-sotdi bitimini rasmiylashtirishdan oldin, dilerlar, mijoz huzurida avtomobilning sotuvoldi ko‘zdan kechirilishini o‘tkazishlarini e’tiborga olish zarur. Ushbu taomil shartnomani rasmiylashtirishdan oldin to‘liq jihozlanganligini tekshirish, shuningdek avtomobilga kafolatli xizmat ko‘rsatish shartlarini o‘rganib chiqish imkonini beradi.

Shu munosabat bilan, kompaniya xaridorlarini ushbu taomilga e’tiborli bo‘lishga chaqiradi.

“UzAuto Motors” uchun har bir mijozning xavfsizligi va qulayligi muhim. Biz ehtimoliy shikastlanishlar haqidagi foto va video axborotni taqdim etayotgan faollarga minnatdorlik bildirib, iste’molchilar manfaatlari yo‘lida, ularning kontaktlari kompaniya mutaxassislariga tezkor chora ko‘rish uchun taqdim etiladi, deb umid qilamiz.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda “UzAuto Motors” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib keladi. Ushbu hamkorlik doirasida “UzAuto Motors” mahsuloti iste’molchilaridan MQKQga kelib tushayotgan barcha murojaatlarga oid ma’lumotlar, ularni tezkor hal etish uchun taqdim etish uchun kompaniyaga taqdim etilmoqda.