Yangiliklar
Kecha telegram kanallarda UzAuto Motorsning Xorazm filiali tomonidan ishlab chiqarilgan Chevrolet Damas avtomobillari ortilgan avtotreyler ishtirokidagi YTH sodir etilgan video tarqaldi.
Ayni paytda, Farg’ona viloyati Uchko’prik tumani Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) tomonidan yo'l harakati xavfsizligi bo'yicha mutaxassislar ishtirokida dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tergov natijalariga ko'ra, g’isht ortilgan yuk mashinasining haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgan hamda nazoratni yo'qotib yo’l transport hodisasini (YTH) sodir etgan.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yuz bergan hodisa natijasida hech kimga zarar yetmagan. Avtotreyler haydovchisi jabrlanmagan. Barcha tashilgan avtomobillar sugʻurtalangan boʻlib, yetkazilgan zarar sug'urta kompaniyasi hisobidan qoplanadi. Yo'lda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkor bo'lishlari hamda yo'l harakati xavfsizligi qoidalariga qat'iy amal qilishlarini so'rab qolamiz. Bu bilan nafaqat o'zingiz, balki atrofingizdagilarning xavfsizligini ham ta'minlagan bo'lasiz!