Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ isteʼmolchlarga yuzaga keladigan muammolarni hal qilish uchun kompaniyaning rasmiy dilerlariga hamda rasmiy aloqa kanallari orqali murojaat qilishni tavsiya etadi
2020-10-28 12:25:42 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan foto- va video-materiallarga eʼtibor qaratib,  “UzAuto Motors” AJ isteʼmolchilarga yuzaga keladigan muammolarni hal qilish uchun kompaniyaning avtorizatsiyalangan dilerlariga va kompaniyaning quyidagi rasmiy aloqa kanallari orqali murojaat qilishni tavsiya etadi:

Koll-markaz: +99878-141-77-77
Facebook:  Fb.com/UzAutoMotorsOfficial 
E-mail: info@uzautomotors.com 

Biz, korxonamiz mahsuloti sifati boʻyicha har qanday qayta aloqaga katta eʼtibor bilan qaraymiz. 

Albatta, anonim postlar asosida kompaniyaning nosozliklarni bartaraf etish uchun tezkor choralar qabul qilishi ancha murakkabroq, chunki bunda muloqot qiluvchi shaxsni topish imkoniyati boʻlmaydi. 
UzAuto Motors mahsulotiga oid barcha masalalarning jadal hal qilinishi uchun mijozlardan bevosita kompaniyaning oʻziga va uning dilerlariga murojaat qilishni iltimos qilamiz, zero bu butun jarayonni tezlashtiriradi. Qolaversa, bu UzAuto Motorsga ishlab chiqarishdagi va dilerlik markazlaridagi tizimli muammolarni aniqlash imkonini beradi.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchining standart yoʻriqnomalariga koʻra, oldi-sotdi bitimini rasmiylashtirishdan oldin, dilerlar, mijoz huzurida avtomobilning sotuvoldi koʻzdan kechirilishini oʻtkazishlarini eʼtiborga olish zarur. Ushbu taomil shartnomani rasmiylashtirishdan oldin toʻliq jihozlanganligini tekshirish, shuningdek avtomobilga kafolatli xizmat koʻrsatish shartlarini oʻrganib chiqish imkonini beradi. 
Shu munosabat bilan, kompaniya xaridorlarini ushbu taomilga eʼtiborli boʻlishga chaqiradi.

UzAuto Motors uchun har bir mijozning xavfsizligi va qulayligi muhim. Biz ehtimoliy shikastlanishlar haqidagi foto- va video axborotni taqdim etayotgan faollarga minnatdorlik bildirib, isteʼmolchilar manfaatlari yoʻlida, ularning kontaktlari kompaniya mutaxassislariga tezkor chora koʻrish uchun taqdim etiladi, deb umid qilamiz.

Shuningdek, ushbu yoʻnalishda UzAuto Motors kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib keladi. Ushbu hamkorlik doirasida UzAuto Motors mahsuloti isteʼmolchilaridan MQKQga kelib tushayotgan barcha murojaatlarga oid maʼlumotlar, ularni tezkor hal etish uchun taqdim etish uchun kompaniyaga taqdim etilmoqda.