Yangiliklar

UzAuto Asakadagi Xoja Abdulloh Tug‘dor maqbarasini tikladi
2022-05-08 02:30:45 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

«UzAuto Motors» korxonasi ilk ochilgan kunlaridanoq jamoat ishlari va O‘zbekistonning mahalliy infrastrukturasini mustahkamlashda faol pozitsiyalarni egallab kelmoqda. Bizning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarimiz timsoli bo‘lgan navbatdagi loyihalardan biri Asakadagi ziyoratgoh – Xoja Abdulloh Tug‘dor maqbarasining tiklanishi bo‘ldi.

Xoja Abdulloh Tug‘dor maqbarasi 1840 yilda bunyod etilgan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan nuray boshladi va bu tarixiy majmuaning to‘liq buzilishi va yo‘qolishi xavfini yuzaga keltirdi. 2021 yilning mayida «UzAuto Motors» butun mahalliy aholi uchun qadrli bo‘lgan muqaddas joyni tiklash va unga avvalgi go‘zallik hamda ulug‘vorlikni qaytarish haqida qaror qabul qildi. Qiymati 2 mlrd so‘mga teng bo‘lgan loyihani amalga oshirish «Avtosanoat Injiniring» strukturaviy qurilish kompaniyasiga topshirildi. U o‘z navbatida majmuani tiklash uchun butun O‘zbekistondan arxitektura yodgorliklarini restavratsiya qilish bo‘yicha mutaxassislarni jalb qildi.

Asosiy maqsad ushbu majmuaning asl ko‘rinishini saqlab qolish edi va bu ish bir yil davom etib, yaqin kunlarda o‘z yakuniga yetdi. Xoja Abdulloh Tug‘dor qabri va uning tevaragidagi inshootlar to‘liq restavratsiya qilinib, binolarning yo‘qotilgan qismlari qayta tiklandi, ziyoratchilar qulayligi uchun esa yozgi mavsum uchun soya qiluvchi moslamalar o‘rnatildi.

2022 yil 7 maydagi majmuaning tantanali ochilishida viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchiligida Andijon viloyati administratsiyasi delegatsiyasi, “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov va korxona rahbariyati ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar arxitektura yodgorligini qayta tiklashda kompaniya va uning xodimlari hissasi katta bo‘lganini taʼkidlashdi. Bugun ziyoratchilar muqaddas qadamjoga yana tashrif buyurishi, maqbaraning madaniy merosini ko‘rib, unga baho berishi va qalb tubidagi duolarini aytishi mumkin.

Biz haqli ravishda amalga oshirilgan ishdan faxrlanishimiz mumkin. Ushbu tarixiy va madaniy nuqtai nazardan muhim loyiha natijasida muqaddas qadamjo andijonliklar va shahar mehmonlarini yana o‘ziga chorlay boshlaydi.» - taʼkidladi o‘z nutqida Shavkat Umurzoqov.

UzAuto, ijtimoiy masʼuliyatli kompaniya bo‘lgani holda, kelgusida ham O‘zbekiston madaniy va maʼnaviy merosi yodgorliklarini saqlab qolishga yordam beruvchi shu kabi loyihalarda ishtirok etishni davom ettiradi.

Shuningdek, ochilish marosimidan so‘ng tumandagi kam taʼminlangan oilalarning 10 nafar farzandiga sunnat to‘yi o‘tkazib berildi. To‘ybolalarga velosiped, ularning ota-onalariga pechlar sovg‘a qilindi.