Yangiliklar

"UZAUTO MOTORS" DAN EHTIYOT QISMLARNI XARID QILISH BO’YICHA YANGILANGAN DASTUR
2021-03-29 09:09:14 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

«UzAuto Motors» AJ kompaniyasi uzluksiz tarzda ishlash imkonini beruvchi ehtiyot qismlarni kechiktirilgan to'lov asosida xarid qilish imkonini beruvchi yangilangan dastur ishga tushirilganligini e'lon qiladi.

Kechiktirilgan to'lov davri 1 oydan 3 oy muddatgacha bo'lib, bunda 15% oldindan to'lov va to'lov mablag'ining qolgan qismi uchun bank kafolati taqdim qilish so'raladi.

Ehtiyot qismlarni sotib olish uchun buyurtma berish tartibi quyidagicha:

- 1 milliard so'mdan, shu jumladan 10% kam sarflanadigan qismlar 30 kungacha;
- 2 milliard so'mdan, shu jumladan 8% kam sarflanadigan qismlar 30 kungacha;
- 3 milliard so'mdan, shu jumladan 6% kam sarflanadigan qismlar 30 kungacha;
- 4 milliard so'mdan, shu jumladan 5% kam sarflanadigan qismlar 30 kungacha;
- 10 milliard so'mdan, shu jumladan 5% kam sarflanadigan qismlar 45 kungacha;
- 20 milliard so'mdan, shu jumladan 5% kam sarflanadigan qismlar 60 kungacha.

Ma'lumot uchun:
Bank kafolati ehtiyot qismlar sotib olish uchun buyurtma berish vaqtida taqdim etiladi. Dasturda O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ehtiyot qismlar bo'yicha ishtirok yetish uchun "UzAuto Motors" AJ rasmiy dilerlik korxonasi bo'lish talab etiladi.

Dastur haqida batafsil ma'lumot olish uchun, quyidagi raqamlarga qo'ng'iroq qiling: 
(998 78) 140 55 40 ichki raqam 3 1603 #
(998 78) 140 55 40 ichki raqam 3 1684 #
Yoki orderparts@uzautomotors.com elektron manziliga so’rov yuboring.